Umumiy qiymati 5 million dollarlik O'rta Osiyoda analogi bo’lmagan loyiha

Bugun, 24-avgust kuni Bright Uzbekistan xalqaro loyihasining asoschisi Davron Abdullaev hamda P&WC kompaniyasi rahbari o’rtasida uchrashuv o’tkazilib, unda bo’lajak hamkorlik aloqalari borasida muzokaralar olib borildi.
Process and Water Chemicals (PWC) O'zbekistonda sanoat va infratuzilma korxonalari uchun suvni tozalash texnologiyasi bo'yicha yetakchi kompaniya bo'lib, suvni qayta ishlash va yaroqsiz suyuqlikdan halos bo'lish uchun kimyoviy moddalariga e'tibor qaratadi.
PWCning har bir mtaxasisslari mijozning biznes maqsadlari va suvga bo'lgan ehtiyojlariga individual yondoshishi hamda keyinchalik ularning tizimlari samaradorligini oshirish yo'llarini o'rganishi bilan ham alohida ahamiyatga ega.
Shuningdek, PWC har xil turdagi kimyoviy moddalarni ishlab chiqaradi, sanoat va infratuzilma korxonalariga kimyoviy moddalar bilan va suv bilan bog'liq muammolarni hal qilishda yordam berishda davom etmoqda.
Uchrashuv avvalida, loyiha asoschisi hamkorlarga Bright Uzbekistan loyihasi, uning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berib o'tdi. Ta’kidlash joizki, loyiha hamkorlar tomonidan samimiy qarshi olinib, yuqori baholandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Bright Uzbekistan jurnalining navbatdagi soni haqida ham ma’lumot berilib, o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish borasida fikr almashinildi.






