Umumiy tarixdan kuch olgan qardoshlik

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning Samarqandga tashrifi Islom Karimov maqbarasi ziyoratidan boshlandi.
U davlatimiz rahbari hamrohligida majmuaga borib, Birinchi Prezidentimiz qabriga gul qo‘ydi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi.
Bu xalqimizga bo‘lgan hurmat, qardoshlarga xos oqibat ifodasi bo‘ldi.
Turkmanistonlik mehmonlar Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasiga tashrif buyurdilar. Shuningdek, Amir Temur maqbarasini ham ziyorat qilib, Registon majmuasida ham bo’ldilar.






