UNICEF O‘zbekistonga $500 mingdan ortiq qiymatdagi uskunalar taqdim etdi

UNICEF O‘zbekiston hukumatiga vaksinalarni saqlash omborlari uchun 500 ming dollardan ko‘proq qiymatdagi 118 muzlatgich, 7 ming dona termosumka va tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini taqim etdi.

Mazkur yordam evaziga mamlakatda joylashgan 35 ta vaksina omborlari, jumladan 14 ta hududiy, 15 ta tuman va 6 ta shahar darajasidagi vaksina ombori jihozlanadi.