"Unitel" kompaniyasi internetga ulanishni liberallashtirish bo'yicha loyihani taqdim etdi

Monopoliyaga qarshi qo'mitada "VEON" kompaniyalar guruhi ijrochi direktori va "Unitel" MCHJ kuzatuv kengashi raisi Kaan Terzioglu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi "Unitel" MCHJ tomonidan tayyorlangan O'zbekiston Respublikasida xalqaro Internet tarmog'iga kirishni liberallashtirish loyihasi muhokama qilindi.

Kompaniya vakillarining so'zlariga ko'ra, loyihani amalga oshirish AKT sohasiga investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi, bu esa yangi ish o'rinlari yaratish va aholi uchun Internet narxini pasaytirish imkonini beradi.

Ushbu loyihadan tashqari uchrashuvda bugungi kunda hal etilishi lozim bo'lgan keng ko'lamli masalalar va muammolar muhokama qilindi. Monopoliyaga qarshi qo'mita raisi - Shahrux Sharaxmetov, xususan, kontent provayderlarining ish uslublarini qayta ko'rib chiqish va servisini yaxshilash zarurligini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud muammolarni muhokama qilish, shuningdek, AKT va mobil to'lov tizimlarini rivojlantirish va boshqa masalalar bo'yicha hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.