Universitetlarga kirish uchun 1,2 million abituriyent hujjat topshirgan

Joriy yilda O‘zbekistonda 1,2 million abituriyent oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etadi. Shuningdek, qayd etilishicha abituriyentlarning 395 023 nafari joriy yil, 819 209 nafari o‘tgan yillar bitiruvchilari.
P.S. 2021-yilda OTMlarga qariyb 950 ming kishi hujjat topshirgan edi.






