Uoll-Strit Afsonasi O'zbekistonga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda

"Uoll-strit" afsonasi bo'lmish "Rogers Holding" asoschisi Jim Rojers O'zbekistonni nishonga oldi. Xususan, mehmonxona, aviatsiya, metallurgiya va boshqa sohalar.
«G'arbda hali deyarli noma'lum bo'lishiga qaramay, men yangi O'zbekistonning ashaddiy muxlisiman. Ilgari mamlakatda diktatura bo'lgan, ammo yangi hukumat nima qilayotganini biladiganga o'xshaydi. So'nggi bir necha yil ichida ular erishgan yutuqlar tahsinga loyiqdir, - deydi Rojers.
Shuningdek, u investorlarni jalb qilish uchun mamlakat iqtisodiyotini ochish muhimligini ta'kidladi. Rojers energetika, metallurgiya, turizm, aviatsiya va qishloq xo'jaligiga qiziqishini bildirdi.
-Ayniqsa, ularning sayyohlik salohiyati meni qiziqtiradi. Nihoyat ularning aviakompaniyalari xususiylashtirilganda, men albatta bu haqda o'ylayman. "O'zbekiston havo yo'llari" - bu qiziqarli investitsiyaviy voqea.






