«Ural Airlines» va «IrAero» O‘zbekistonning 7 ta shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda

Ma’lum qilinishicha, “Ural Airlines” va “IrAero” aviakompaniyalari Surgut, Nijnevartovsk va Tyumendan O‘zbekistonning yettita shahri, xususan, Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Urganch, Navoiy, Namangan va Samarqandga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat olgan.
Shuningdek, “IrAero” aviakompaniyasi Toshkentga Surgut va Tyumendan haftasiga olti martagacha, Nijnevartovskdan esa yetti martagacha parvozlarni amalga oshira oladi.
“Ural Airlines” esa Nijnevartovskdan Farg‘ona, Buxoro, Urganch, Navoiy, Namanganga qish mavsumi tugagunga qadar, Samarqandga esa yoz mavsumi oxirigacha haftasiga yettitagacha reysni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.






