USAID O‘zbekistonda yoshlar bandligini oshirish uchun 10 million dollarlik dasturni ishga tushirdi

5 yillik dastur maktab bitiruvchilari, qizlar va nogironlarni mehnatga jalb etishga ko‘maklashadi.
AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) O‘zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 10 million dollarlik yangi besh yillik dasturni ishga tushirdi.
Joriy yilning yanvar oyida boshlangan ushbu tashabbus 8-11-sinf o‘quvchilarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga malakali mutaxassis va tadbirkor sifatida kirib kelishi uchun zarur ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi.
Dastur o’quvchilarning ishga muvafaqqiyatli joylashishlari uchun mo’ljallangan bo’lib, u xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlari tomonidan amalga oshirilmoqda va asosiy eʼtibor qizlar va nogironlarning bandlikdagi rolini oshirishga qaratiladi.
Amerika Kengashlari ushbu tashabbusning barcha jabhalarida USAIDning taʼlim boʻyicha asosiy hamkori boʻlgan Xalq taʼlimi departamenti bilan faol ishtirok etadi.
Shuningdek, ular tashabbusning turli tarkibiy qismlarini amalga oshirish uchun xalqaro va mahalliy tashkilotlar jamoasini jalb qiladilar. Ro‘yxatga loyihaning texnik hamkori, yoshlar bandligini rivojlantirish va tadbirkorlik sohasida jahon tajribasiga ega World Learning xalqaro tashkiloti kiritilgan.
“Loyihaning besh yili davomida Amerika Kengashlari bozorning oʻziga xos ehtiyojlarini tushunib yetishlari uchun ayollar va qizlar hamda nogironlarning mehnat bozoriga jalb etilishini taʼminlash uchun mahalliy ekspertlar bilan hamkorlik qiladi. Kengashlar maslahatchi, murabbiy sifatida qatnashadigan va stajirovka o‘taydigan davlat idoralari va xususiy sektor kompaniyalariga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.






