USMning sobiq rahbari direktorlar kengashidan ketdi

Alisher Usmonovning USM holdingini 10 yil davomida boshqargan sobiq bosh direktor Ivan Streshinskiy USM va uning tarkibiga kiruvchi kompaniyalar — “Metalloinvest”, “MegaFon” va “Udokan Copper” direktorlar kengashini tark etdi.

“12-aprel kuni AQSh tomonidan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan Ivan Streshinskiyni direktorlar kengashini tark etdi” deyiladi Forbes xabarida.

Forbes boyligini 1 milliard dollar deya baholagan tadbirkor USMni 2012-yildan 2022-yilgacha boshqargan edi. Uning vazifasini hozirda Yerko‘ja Oqilbek bajarib kelmoqda.

2023-yil 12-aprelda Streshinskiyga qarshi AQSh sanksiyalari joriy etildi. USM holdingining o'zi va uning tarkibiga kiruvchi kompaniyalar ham cheklovlar ostida qoldi.