Usmonov oltinga sarmoya kiritish uchun kompaniya yaratdi

Alisher Usmonov hamkorlari bilan “USM Gold” nomli oltin qazib oluvchi kompaniya tashkil qildi.
Shuningdek, ushbu korxona Xakasiyadagi qidiruv kompaniyasini ham o'z ichiga olgan.
USM tarkibiga Rossiyadagi eng yirik temir rudasi ishlab chiqaruvchi “Metalloinvest” va Trans-Baykal o‘lkasidagi Udokan mis konini o‘zlashtirayotgan “Udokanskaya Med” kiradi. Xolding ilgari oltin qazib olish bilan shug‘ullanmagan edi.
Hozircha yangi kompaniyaning yagona aktivi - bu geologiya-razvedka ishlari uchun litsenziyaga ega "Fedorovskoye" MChJdir (USM Gold 75% ga ega, yana 25% Rosgeologiya davlat xoldingiga tegishli). Rosgeo 2021-yilning yozida Xakasiyadagi Fedorovsko-Kedrovskaya oltin qazib olish hududi uchun geologiya-qidiruv litsenziyasini oldi, deb yozadi “Interfaks”. Keyinchalik u USM tuzilmasini ushbu loyihaga jalb qildi (Fedorovskoye MChJ orqali).






