Ustuvor vazifalar muhokama qilindi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari S.Umurzoqov vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari bilan joriy yilning 15-16 aprel kunlari davlatimiz rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi chog'ida bergan topshiriqlarini amalga oshirish, shuningdek, mintaqada investitsiya, sanoat va eksport faoliyatini yanada rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlar doirasidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, mintaqaviy investitsiya dasturini amalga oshirish jarayoni o'rganildi - mas'ul rahbarlarga tadbirkorlar duch keladigan muammoli masalalarni aniqlash maqsadida barcha tasdiqlangan loyihalarni inventarizatsiya qilish va ularni hal etish uchun zudlik bilan tegishli choralarni ko'rish topshirildi.

Shuningdek, mintaqaning eng istiqbolli tarmoqlarida sanoat rivojlanishini rag'batlantirishga qaratilgan yangi loyiha takliflarini ishlab chiqish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.