Utair kompaniyasi Moskvadan Samarqandga yangi reys yo‘lga qo‘ydi

Utair aviakompaniyasi Moskva — Samarqand yangi reysini ishga tushirdi. Aviakompaniya, shuningdek, Moskvadan Buxoroga parvozlar sonini haftasiga 3 martagacha oshirish va Toshkentga kunlik reyslar davom etishini maʼlum qildi.
“O‘zbekiston yo‘lovchilarimiz uchun mashhur manzil bo‘lib, ularga qulaylik yaratish maqsadida parvozlar amalga oshiriladigan shaharlar sonini ko‘paytirdik. Endi biz Moskvadan Buxoro va Samarqandga, O‘zbekiston poytaxti Toshkentga esa Moskva, Surgut va Tyumendan uchamiz”, — dedi “Utair – Passenger Airlines” kompaniyasi prezidenti Oleg Semenov.






