UzAirways Rossiyaga uchayotgan samolyotni ortga qaytardi

24-fevral kuni Vladimir Putin Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi va shu sabab UzAirways Donbasdagi vaziyat tufayli Rossiyaga uchayotgan samolyotni qaytarishga majbur bo‘ldi.

Namangandan Krasnodarga uchayotgan UzAirways aviakompaniyasining samolyoti Donbassdagi harbiy harakatlar boshlangani sababli qaytishga majbur bo‘ldi.

Rostov viloyatida fuqarolik samolyotlarining parvozlari uchun havo hududi yopilganligi munosabati bilan 2022-yil 24-fevral kuni Namangan-Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha HY-9825 reysi Namangan xalqaro aeroportiga qaytdi.