Uzairways Rostov va Krasnodarga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi

Rossiya Federatsiyasining Rostov-na-Donu (Platov) va Krasnodar shaharlari xalqaro aeroportlarining faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi munosabati bilan, aviakompaniya rejalashtirilgan muntazam qatnovlar bekor qilinganligini ma’lum qildi.

• HY-9647/9648 Toshkent-Rostov-na-Donu-Toshkent yoʻnalishida – 25, 27-fevral va 2-mart kunlari;

• HY-9687/9688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yoʻnalishida – 27-fevral va 1-mart kunlari;

• HY-3687/3688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yoʻnalishida – 2-mart kunigi parvozlar vaqtincha to’xtatilgan.

Bekor boʻlgan parvozlar yoʻlovchilari aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egalar.