UzAuto ilk bor aksiyalarini ochiq sotuvga qo'yadi

UzAuto Motors kompaniyasi Moliya vazirligi bilan birgalikda anderrayterlar konsorsiumini tanlash bo‘yicha rasmiy tender e’lon qildi. Tenderda mahalliy anderrayterlar, xorijiy banklar va investitsiya vositachilari ishtirok etishlari mumkin.
Aksiyalarni joylashtirish kapitalni ko‘paytirish va kompaniya kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi va yig‘ilgan mablag‘lar rivojlanish loyihalarini moliyalashtirish va yangi sifatli avtomobil markalarini ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
"Aksiyalarni mahalliy va tashqi bozorlarga joylashtirish katta moliyaviy afzalliklarga ega. Bu korxona boshqaruvi sifatiga, uning shaffofligi va samaradorligiga ta’sir qilishi muqarrar. UzAuto Motors kompaniyasidan axborotni oshkor qilish, qarorlar qabul qilishda shaffoflik va rivojlanish ko‘rsatkichlarini sifatli bajarish, yanada ko‘proq qayg’urish borasida ko‘plab yangi talablarga rioya qilish so’raladi. Rahbariyatdan har tomonlama tushuntirish talab qiladigan tashqi investorlarning mavjudligi kompaniyaning barcha darajadagi xodimlarining mas’uliyatini sezilarli darajada oshiradi”, dedi “Avesta Investment Group” sarmoya kompaniyasi direktori Karen Srapionov.






