«UzAuto Motors» amaldagi shartnomalar uchun avtomobil narxlarini tushirdi

“UzAuto Motors” kompaniyasi 2023-yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaygani munosabati bilan avtomobil narxi pasayishini eʼlon qildi.
Kompaniyaning qoʼshimcha qilishicha, avtomobil narxining pasayishi bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan hamda shartnoma shartlariga muvofiq toʼlovni amalga oshirgan amaldagi shartnomalarga nisbatan qoʼllaniladi.






