UzAuto Motors: Аvtomobillar uchun shartnoma tuzish vaqtincha toʼxtatildi

Bugun, 4-yanvardan boshlab “UzAuto Motors SAP” hisob dasturiy taʼminotini amalga oshirish va mahsulot inventarizatsiyasi oʼtkazilayotgani munosabati bilan, ushbu muddatda kontraktatsiya shartnomasini tuzish, barcha avtomobillarni topshirish va toʼlovlarni qabul qilish vaqtincha toʼxtatiladi.

Bundan tashqari, dasturiy taʼminotni ishga tushirish tadbirlari oʼtkazilishi munosabati bilan “UzAuto Motors” ilovasi faoliyati ham vaqtincha toʼxtatilishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, dasturiy taʼminotni yangilash va inventarizatsiya ishlari yakunlangandan soʼng, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish, oldindan toʼlovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish toʼliq hajmda qayta tiklanadi.

2022-yil, yangi yil arafasida avtomobil yetkazib berish boʼyicha shartnoma tuzgan va 7 kun ichida oldindan toʼlovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan soʼng, avtomobilь uchun oldindan toʼlovni amalga oshirishlari mumkin bo’ladi.

Shu bilan birga, ular tomonidan avtomobil yetkazib berish boʼyicha tuzilgan shartnomalar oʼz kuchida qoladi, faqat oldindan toʼlov muddati uzaytiriladi.