UzAuto Motors Chevrolet Gentra avtomobilini ishlab chiqarishni to'xtatadi

O‘zbekistonda 2023-yilning ohirida Chevrolet Gentra avtomobilini ishlab chiqarish to’xtatiladi va konveyerdan olib tashlanadi. Bu haqda, avtobloger va Tuninghouse.uz kanali muallifi Dilshod Abdullayev ma’lum qilgan.
Ma’lumot o’rnida, Gentra avtomobili O‘zbekistonda 2014-yildan beri ishlab chiqarilmoqda. Blogger, shuningdek, Gentraning avtomobil bozoridagi narxi yaqin vaqt ichida yana oshishi mumkinligini taxmin qilgan.






