UzAuto Motors Chevrolet Onix sotuvini 2022-yilda boshlaydi

Yangi modelning narxi 9dan 13 ming dollargacha bo‘lishi ma'lum qilindi.

Eslatib o'tamiz, Chevrolet Onix va Tracker bir xil platformada qurilgan. Asakadagi UzAuto Motors zavodiga yangi platformani joriy etish uchun 500 ga yaqin yetakchi xorijiy mutaxassislar jalb etildi.

Chevrolet Onix 1,2 yoki 1,0 litr hajmli uch silindrli dvigatel bilan jihozlangan. Litrli motor 116 ot kuchi, 1,2 l atmosfera motori esa 86 ot kuchiga ega bo'ladi. Yoqilg'i iste'moli 100 kmga 9 litr.

Onix asosiy qulaylik va xavfsizlik optisyalar bilan jihozlanadi - sensor ekranli multimedia tizimi, Android Auto / Apple Car Play, konditsioner, havo yostig'i va ABS tormoz tizimi.