UzAuto Motors Lacetti va Spark ishlab chiqarishni qayta tikladi

2021-yilning iyul-avgust oylarida UzAuto Motors'ning Asaka shahridagi zavodida modernizatsiya ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi tufayli Chevrolet Lacetti va Chevrolet Spark avtomobillarining ishlab chiqarilishi ham to‘xtatilgan edi.
Bugungi kunda UzAuto Motors kompaniyasi barcha ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tiklaganini ma'lum qildi.
Ayni vaqtda UzAuto Motors’ning Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqarish hajmi kuniga o‘rtacha 800 dan ortiq avtomobilga yetgan.
“Majburiy tanaffusdan so‘ng, ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, Sizga avtomobilni yetkazib berish muddatini qisqartirish imkonini beradi”, – deyiladi kompaniyaning matbuot xizmati xabarida.






