«UzAuto Motors» «Sovcombank» bilan savdoni moliyalashtirish yuzasidan $100 mlnlik shartnoma imzoladi

«UzAuto Motors» AJ va «Sovcombank» (Rossiya Federatsiyasi) akkreditivlar to'g'risida shartnoma imzoladi. Shartnomaning umumiy miqdori $100 mln tashkil etadi. Muddati - 3 yil.

Toshkentda bo'lib o'tayotgan “O’zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli" forumi doirasida «UzAuto Motors» «Sovcombank» bilan shartnoma imzoladi.

Ayni paytda «Uzavtosanoat» AJ tomonidan amalga oshirayotgan transformatsiya jarayonlarida «UzAuto Motors» AJ faol ishtirok etmoqda.

“Biz «Uzavtosanoat» AJ va uning tarkibiy tarmoq kompaniyalari bilan hamkorlik munosabatlarimiz faol rivojlanib borayotganidan xursandmiz. Joriy yilning aprel oyida hamkorligimizni o'zaro manfaatli biznes sheriklikni rivojlantirish to'g'risidagi ikki tomonlama shartnoma bilan mustahkamladik, may oyida London fond birjasida «UzAuto Motors» yevro-obligatsiyalar debyutini joylashtirishda tashkilotchi sifatida ishtirok etdik. Bugun biz, «UzAuto Motors» uchun akkreditiv ochyapmiz va umid qilamizki, bu talab qilingan bank vositasi kompaniyaning biznes sohasida yangi marralarni zabt etishiga yordam beradi”, - dedi boshqaruv raisi o'rinbosari, “Sovcombank” korporativ va investitsiya bloki rahbari Mixail Avtuxov.