UzAuto Motors Turkmanistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbek-turkman forumi doirasida "Uzavtosanoat" AJ va "Turkmeniston-Motors" AJ memorandum imzoladi. Memorandumda Turkmaniston hududida avtomobil, qishloq xo‘jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Hozir "Uzavtosanoat" Turkmaniston Respublikasiga avtomobil va tijorat uskunalarini eksport qilib keladi.






