UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Traverse va Tahoe modellari narxlarini e'lon qildi

Bugun, 3-martdan boshlab Uzauto Motors Chevrolet Traverse va Tahoe avtomobillarining yangi modellari narxlarini e'lon qildi va xarid qilish bo‘yicha arizalarni qabul qilishni boshladi.
"Boshlang’ich komplektatsiyali avtomobilni sotib olish istagida bo’lgan xaridorlar, kompaniyaning rasmiy dilerlarida ariza qoldirishlari yoki rasmiy sayti info@uzautomotors.com orqali onlayn tarzda ariza yuborishlari mumkin. To’plangan arizalarning soniga qarab, kompaniya ushbu avtomobilning yetkazilib berilishini ta’minlaydi", - deyiladi kompaniya xabarida.
Ma'lum qilinishicha, Traverse 2022 modeli:
Boshlang‘ich komplektasiya — 408 009 595 so‘m;
Premier AT MY22 komplektasiya — 563 130 435 so‘m.
Shuningdek, Tahoe 2022 modeli:
Boshlang‘ich komplektasiya — 519 728 198 so‘m;
RST AT MY22 komplektasiya — 823 913 043 so‘m.






