«UZB», «AAA» kabi seriali davlat avtomobil raqamlari ochiq savdoda, bu raqamlarni istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin», — YHXBB boshlig‘i

AOKA da bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig'i Olimjon Saidov ushbu savollarga javob berdi.
«UZB» yoki «AAA» kabi seriali davlat avtomobil raqamlari biror bir tashkilot yoki muayyan shaxslarga biriktirilmagan. Ushbu davlat raqamlari — ochiq savdoda bo‘lgan davlat raqam belgilari hisoblanadi. Masalan, «AAA» seriyali davlat raqamlari 2017 yildan buyon 36 million so‘mga sotilyapti, hozirda 50 dona raqam qolgan, bemalol murojaat qilishingiz mumkin.
«UZB» seriali raqamlarni ham xuddi shunday tartibda istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin», — dedi Saidov.






