«Uzbekistan Airports» mamlakatdagi barcha aeroportlarni toʻliq avtomatlashtirmoqda

Respublika aeroportlari uchun 500 ta yangi kompyuter, ro'yhatga olish ustunlari uchun 98 ta printer, 160 ta kommutator va kirish shlyuzlari, 2170 ta IP telefonlar, tarmoq uskunalari bilan jihozlangan 4 ta yuqori darajadagi serverlar, litsenziyalangan virusga qarshi va server dasturlari xarid qilindi. Internetga yuqori tezlikda kirish uchun 16 km optik tolali simlar o'tkazildi.
Shuningdek, joriy yil davomida Korporativ toifadagi pochta xizmati, IP-telefoniya tizimi, fayllarni saqlash va almashish xizmati, uskunalar monitoringi va chop etishni boshqarish tizimi, markazlashtirilgan virusga qarshi tizim va boshqa ko‘plab xizmatlar joriy etildi.
P.S. Amaliyotlar mamlakatning barcha aeroportlarida bir vaqtning o'zida amalga oshirilmoqda.






