Uzbekistan Airways 9 kunlik xalqaro aviaqatnovlarni bekor qildi

"Uzbekistan Airways" 2022-yil 12-sentabrdan 20-sentabrgacha rejalashtirilgan bir qancha aviaqatnovlarni bekor qilganligini e'lon qildi. Bunga Samarqand xalqaro aeroportidagi texnik nosozliklar sabab bo'lgan.

Xabarga ko'ra, quyidagi yo'nalishdagi aviareyslar bekor qilingan:

HY041/042, HY043/044 Samarqand – Istanbul – Samarqand,

HY275\276 Toshkent – Samarqand – Toshkent

HY605\606 Samarqand – Moskva – Samarqand;

HY767\768 Samarqand – Olmaota – Samarqand;

HY639\640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand;

HY9606\9605 Moskva – Samarqand – Moskva yoʻnalishlari.

P.S. Yo‘lovchilar bekor boʻlgan parvozlar aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.