Uzbekistan Airways “Bahor-yoz 2023” parvozlar jadvalini tasdiqladi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2023-yil 26-martdan joriy yilning 28-oktabriga qadar amal qiladigan bahor-yoz parvozlar jadvaliga o‘tmoqda. Ushbu mavsum davrida 70 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Toshkentdan Urganch va Nukusga parvozlar kuniga 2 marta, Buxoroga esa 1 marta amalga oshiriladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston poytaxtidan Qarshiga haftada 2 marta, Termiz va Samarqandga 6 marta, Farg‘ona vodiysi bo‘ylab: Namanganga – 2, Farg‘onaga – 3 va Andijonga ham ikki martadan aviaqatnovlar bajariladi.

Istanbul, Dubay, Riga, Moskva, Olmaota, Ostona, Dushanbe, Bishkek, Baku, Minsk, Dehli, London, Seul, Kuala-Lumpur va boshqa shaharlarga xalqaro aviaqatnovlar anʼanaviy tarzda Toshkentdan amalga oshiriladi.

Mazkur bahor-yoz mavsumida aviakompaniya 70 ta yoʻnalishda parvoz qiladi, jumladan, Rossiyaning 40 ta, MDH davlatlari va uzoq xorijdagi shaharlarga 30 ta yoʻnalish bo‘yicha. Yangi mavsumda aviakompaniya Nyu-York, Frankfurt, Riga, Tel-Aviv, Baku, Tbilisi kabi xalqaro yo‘nalishlarda aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Qishki jadvalga nisbatan Istanbulga muntazam reyslar soni ko‘paytiriladi.

Bahor-yoz mavsumidan boshlab aviakompaniya Milan, Parij, Rossiya shaharlaridan Orenburg, Nijnevartovsk, Omsk, Nijniy Novgorodga parvozlarni amalga oshira boshlaydi.