«Uzbekistan Airways doim hamkorlikga tayyor» - Shuhrat Hudoyqulov

Bright Uzbekistan loyihasining hamkorlaridan biri sanalgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining boshqaruv raisi Shuhrat Hudoyqulovga  jurnalning yangi soni taqdim etildi.

Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi boshqaruv raisi Shuhrat Hudoyqulov o'rtasida o'tgan uchrashuvda, o'tgan davr mobaynida hamkorlikda qilingan ishlar natijalari ko'rib chiqildi. Hususan, Bright Uzbekistan jurnallari aviakompaniyaning barcha reyslarining "Biznes-klass" bortlarida tarqalgani, aviakompaniya orqali barcha elchixonalarga jurnallar tez va sifatli yetkazilganligi alohida e'tiborga olindi. 

Shuhrat Hudoyqulov jurnalni sifat va mazmun jihatdan yuqori darajada tayyorlanganini ta'kidladi va loyihaning kelgusi rejalariga omad tiladi. 

Uchrashuv davomida strategik hamkorlikning kelgusi istiqbollari kelishib olindi.