Uzbekistan Airways Parijga muntazam aviaqatnovlarni yo'lga qo'ymoqda

Joriy yilning 26-avgustidan boshlab Uzbekistan Airways Fransiyaning Parij shahriga muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Reyslar haftasiga 2 marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent – Parij yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 4 038 862 so‘mdan (bagajsiz) va 4 777 879 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa, 7 582 047 so‘mdan (bagajsiz) va 8 772 182 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

P.S. Avvalroq, 2022-yil 29-apreldan boshlab 10-iyungacha haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari Parijga aviaqatnovlar tiklangani haqida xabar bergan edik. Oradan 2 oy o'tib bu qatnovlar yana tiklanmoqda.