Uzbekistan Airways talabalar uchun 50 foizlik chegirma muddatini uzaytirdi

“Uzbekistan Airways” talabalar uchun respublika boʼylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma muddatini 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirdi.
Kompaniyaning maʼlum qilishicha, 18-yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 23-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilish mumkin.






