Uzbekistan Airways Toshkent va Baku o‘rtasidagi aviaqatnovlarni ko‘paytiradi

Uzbekistan Airways Toshkent—Baku—Toshkent xalqaro yo‘nalishidagi parvozlar soni oshirilishini ma’lum qildi.

Aviakompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugungi kunda aviaqatnovlar muntazam ravishda seshanba va payshanba kunlari bajarilmoqda. 5-iyundan boshlab esa yakshanba kunlari ham yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent—Baku yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 2 024 036 so‘mdan (bagajsiz) va 2 260 765 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent—Baku—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 3 977 052 so‘mdan (bagajsiz) va 4 403 165 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Uzbekistan Airways Bakuga muntazam qatnovlarni 2022-yil 8-martdan boshlab tiklagandi.