Uzbekistan Airways Toshkentdan Samaraga parvozlarni yo'lga qo'yadi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkentdan Rossiyaning Samara shahriga parvozlarni yoʻlga qoʻyishini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, 2022-yilning 4-iyunidan “Uzbekistan Airways” Toshkent – Samara – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha ilk qatnovini amalga oshiradi. Muntazam aviaqatnovlar haftada bir marta – shanba kunlari amalga oshiriladi.