Uzbekistan Airways yangi yo'nalishi

Shu yilning kuz oyida "Uzbekistan Airways" Urganch-Rim-Toshkent yo'nalishida parvozlarni amalga oshira boshlaydi. Mamlakatga parvozlar har seshanba kuni amalga oshiriladi.
Urganchdan ketish: 14.40 (Toshkent vaqti bilan)
Rimga kelish: 17.45 (Rim vaqti bilan)
Rimdan chiqish: 19.15 (Rim vaqti bilan)
Toshkentga kelish: 04.15 (Toshkent vaqti bilan)
Urganch-Rim yo'nalishi bo'yicha bagaj bilan aviachiptalar narxi 3 705 265 so'mdan, Urganch – Rim – Toshkent yo'nalishi bo'yicha esa 7 025 360 so'mdan boshlanadi.






