Uzbekistan Esport Championship uchun sportchilarni ro'yxatga olish boshlandi

IT Park matbuot xizmati xabariga ko'ra, bugun, 3-aprel kuni Esport bo‘yicha mamlakatimizning eng yirik sport turniri bo‘yicha O‘zbekiston chempionati sportchilarini ro‘yxatga olish boshlanadi. Ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 332 million so'mni tashkil etadi.
Turnir Cybergame.uz platformasida CS:GO, DOTA2, PUBG Mobile, FIFA, eFootball kabi sport yo‘nalishlari bo‘yicha 3 bosqichda o'tkaziladi.






