Uzbekistan GTL jahon energetika sanoatining «Oskar»ini qo'lga kiritdi

8 dekabr, payshanba kuni Nyu-Yorkda Uzbekistan GTL zavodi energetika sanoati olamida «Oskar»i deb ham ataladigan «S&P Global Energy Awards» mukofotini oldi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ xabar berdi.

Korxona «Uglevodorodlarni qayta ishlash va kimyo sanoati sohasida erishgan yuksak yutuqlari uchun» nominatsiyasida Hindiston, Lyuksemburg, Xitoy va AQSh kompaniyalarini ortda qoldirib, g‘olib bo‘ldi.

Qayd etilishicha, ishlab chiqarish jarayonida innovatsion texnologiyalardan faol foydalanish, sifatli va ekologik toza yoqilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarish Uzbekistan GTLga mukofotni qo‘lga kiritish imkonini berdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning Qashqadaryo viloyatidagi yirik Uzbekistan GTL zavodi o'tgan yil oxirida ochilgan edi. Oʻzbekiston GTLning umumiy qiymati 3,42 milliard dollarni tashkil etgan.

Joriy yilning iyun oyida zavod O‘zbekistonda neft-kimyo sanoati tarixida sintetik neftning birinchi partiyasini ishlab chiqarganini ma’lum qilgan edi.