O‘zbekiston rossiyaliklar uchun eng sayohatbop mamlakatlar ro’yxatida

O‘zbekiston rossiyalik sayyohlik blogerlari va jurnalistlari tomonidan 2023-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi.

Manbaada yozilishicha, mutaxassislar bir nechta ishtirokchi o‘rtasida so‘rov o‘tkazishgan. Unda har bir ishtirokchi bir vaqtning o'zida yo'nalish bo'yicha uchta variantni taklif qilgan.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng ko‘p ishtirokchi Turkiyaga ovoz bergan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Gruziya egallagan. O‘zbekiston esa uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

Kurort mamlakatlari orasidan Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand va Misr ham kuchli o‘ntalikdan joy olgan.