O‘zbekiston biz uchun Markaziy Osiyodagi ishonchli hamkordir – S.Jumangarin

O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes forumida “O‘zbekiston biz uchun Markaziy Osiyodagi asosiy, ishonchli va istiqbolli hamkordir. Mamlakatlar o‘rtasida tobora rivojlanib borayotgan savdo aloqalari do‘stona munosabatlarimizning lokomotiviga aylandi. Qozog‘iston Markaziy Osiyo mintaqasida hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Forumning oʻtkazilishi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va jahon bozorida Markaziy Osiyo brendlarini yaratish muhimligining yana bir isbotidir”,- deya qayd etdi Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin o’z nutqida.