Oʼzbekiston Mumbaydagi ShHT kinofestivalida ishtirok etadi

Oʼzbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Аbduxoliqov Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Mumbay shahrida boʻlib oʻtadigan ShHTga aʼzo davlatlar badiiy va televideniye filmlari kinofestivalida oʻzbek kinoijodkorlarining ishtiroki, kelgusidagi xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek,O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma loyihasi doirasida suratga olingan “Xiva Langari” tarixiy-badiiy filmi yuzasidan fikr almashildi.






