Oʼzbekiston va Meta kompaniyasi hamkorligida amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi

Bugun, 20-yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi rahbarining oʼrinbosari Komil Аllamjonov va Meta kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlat siyosati boʼyicha vitse-prezidenti Saymon Milner hamda kompaniyaning Boshqaruvchi direktori, Katta Xitoy, Moʼgʼuliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari boʼyicha rahbari Jorj Chen o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Oʼzbekiston va Meta kompaniyasi hamkorligi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilingan.

Bu haqda Komil Аllamjonov o’z telegram sahifasida ma’lum qilgan hamda samimiy va doʼstona hurmat uchun Saymon Milnerga, Jorj Chenga minnatdorchilik bildirgan.