O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan telekonferensaloqa shaklida muzokaralari bo'lib o'tdi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining o'tgan yil fevral oyida Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi yakunlari bo'yicha tasdiqlangan "Yo'l xaritasi"ga kiritilgan loyihalarni ro'yobga chiqarish bilan bog'liq qator masalalar ko'rib chiqildi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar qo'shma loyiha va tashabbuslarni hayotga joriy qilishda har ikki mamlakat tadbirkorlarini amaliy jihatdan qo'llab-quvvatlashni davom ettirishga sodiqligini bildirdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarning sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlashga qaratilgan yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

O'zbekiston va Turkiya o'rtasida imtiyozli savdo to'g'risidagi Kelishuvni ikki mamlakatning tegishli vazirliklari tomonidan qisqa muddatlarda kelishish va tasdiqlash bo'yicha hamkorlik ishlarini faollashtirish kelishuviga erishildi.

Manba: https://mift.uz/ru