O‘zbekiston Xalqaro boks assotsiatsiyasi reytingida 2-o‘rinni egalladi

International Boxing Association saytida milliy boks federatsiyalarining yangilangan reytingi e’lon qilindi. Ma’lum qilinishicha, jami 135 mamlakat kiritilgan reytingda barcha vazn toifasidagi bokschilarning ko‘rsatkichlari umumlashtirilgan.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston O‘zbekistonni ortda qoldirib reyting yetakchisiga aylangan. O‘zbekiston 2-o’rinda qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda esa, Hindiston, AQSH va Turkiya ko’rsatilgan.