O’zbekistonda maktablar soni 5 yilda 748 taga ortgan

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, 2022/2023 oʼquv yili boshiga umumtaʼlim muassasalari soni 10 522 tani tashkil etgan. Umumtaʼlim muassasalari soni soʼnggi 5 yilda 748 taga oshgan.

Yillar kesimida umumtaʼlim muassasalari soni:

2018/2019 oʼquv yili boshiga – 9774 ta
2019/2020 oʼquv yili boshiga – 10090 ta
2020/2021 oʼquv yili boshiga – 10181 ta
2021/2022 oʼquv yili boshiga – 10289 ta
2022/2023 oʼquv yili boshiga – 10522 ta

P.S. Umumtaʼlim muassasalari soni 1991/1992 oʼquv yili boshiga nisbatan 1965 taga oshgan.