O‘zbekiston universitetlari Yevropa va Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalari reytingidan o'rin oldi

Britaniyaning Quacquarelli Symonds tahliliy agentligi Yevropa va Markaziy Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar universitetlarining yangilangan reytingini e’lon qildi .

Maʼlumotlarga koʻra, roʻyxatga 450 ta oliy oʻquv yurti, jumladan, Oʻzbekistonning toʻrtta taʼlim muassasasi kiritilgan.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti – 211-220-o‘rinlar;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti – 251-300;
Toshkent davlat texnika universiteti – 351-400;
Samarqand davlat universiteti - 401-450;