UzEnergyExpo 2022 va UzStroyExpo 2022 - Toshkentda yirik xalqaro koʻrgazmalar

Joriy yilning 26-28-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da ikkita yirik xalqaro ko‘rgazma: UzEnergyExpo 2022 va UzStroyExpo 2022 xalqaro koʻrgazmalari tashkil etilib, ularda 100 dan ortiq xorijiy kompaniyalar elektroenergetika va qurilish sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalarni taqdim etadilar.

Qoʻshma koʻrgazma tarmoq vakillari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, mutaxassislar bilan bozorni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, ekspert maslahatlarini olish, shuningdek, yangi biznes hamkorlar topish va oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzish imkonini beradi.

Ma’lumot o’rnida, UzEnergyExpo 2022 ko‘rgazmasida elektr energetikasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, yoritish texnikasi, avtomatlashtirish, shuningdek, elektr jihozlari komponentlari sohasidagi zamonaviy texnologiyalar namoyish etiladi.

Shu bilan birga, turli elektr jihozlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar o'zlarining yuqori texnologiyali va innovatsion yechimlarini taqdim etadilar. Xususan, zamonaviy terminallar, hisoblagichlar, quyosh batareyalari, liftlar, elektromobillar uchun elektr va zaryadlash stansiyalari sotuvga chiqariladi.

Shuningdek, UzStroyExpo 2022 ko‘rgazmasida tashrif buyuruvchilar jahon miqyosida nufuzga ega bo‘lgan sohaning yirik ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Stendlarda qurilish materiallari va aralashmalari, asboblar, gidroizolyatsiya tizimlari, suv ta'minoti uskunalari va sanoat mahsulotlari namoyish etiladi.

Ko‘rgazmada qurilish sanoati uchun maxsus kiyim-kechak va keng turdagi yog‘och mahsulotlari: eshiklar, pol qoplamalari, dekor va fasad elementlari ham namoyish etiladi. Alohida stendlar Rossiyaning butun mintaqalari va boshqa mamlakatlar korxonalari ekspozitsiyalariga bag'ishlanadi.Bundan tashqari, tadbirda dizayn, rejalashtirish va interyer yechimlari bo‘yicha malakali mutaxassislar ishtirok etadi.