«UzEnergyExpo» va «UzStroyExpo» ko’rgazmalari faoliyatiga start berildi

Bugun 26-oktabr kuni "O'zekspomarkaz"da bir vaqtning o'zida ikkita sanoat ko'rgazmasi, jumladan, XVI Xalqaro “UzEnergyExpo” va XI Xalqaro “UzStroyExpo” ko'rgazmalari barcha soha mutaxassislari uchun o'z eshiklarini ochdi.

Tadbir "International Expo Groups" MChJ ko'rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. Ko'rgazmaning birlashtirilgan ekspozitsiyasida dunyoning 13 davlatidan 130 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda.

Ko'rgazmalar doirasida Rossiya Federatsiyasining yirik hududlarining bir qator kollektiv stendlari namoyish etilmoqda. Moskva Eksport Markazi, Stavropol o'lkasi, Boshqirdiston Respublikasi, Rostov viloyati, shuningdek, Chuvash va Udmurt Respublikalari energetika va qurilish sanoati uchun eng yangi mahsulotlar hamda eng so'nggi texnalogiyalarni taklif etmoqdalar.

Birlashtirilgan ekspozitsiya o'zaro bir-biri bilan bog'liq sohalar vakillari o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, mutaxassislar bilan bozorni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, ekspertlardan maslahat olish, shuningdek, yangi biznes hamkorlarini topish va o'zaro manfaatli shartnomalar tuzish imkonini beradi.

Shuningdek, UzStroyExpo-2022 ko'rgazmasi stendlarida qurilish va pardoz materiallari, aralashmalar, gidroizolyatsiya tizimlari, suv ta'minoti, ventilyatsiya va isitish uskunalari namoyish etilmoqda. Ko'rgazma doirasida, shuningdek, qurilish sanoati uchun maxsus kiyim-kechak va yog'ochdan tayyorlangan mahsulotlarning keng assortimenti, jumladan eshiklar, pol qoplamalari, dekor va fasad elementlari ham taqdim etildi.

P.S. Ko’rgazmalar 26-27-28-oktabr kunlari bo’lib o’tadi.