UZGROW TASHKENT-2021 ko'rgazmasining ochilish marosimi

Joriy yilning 4 noyabr kuni "International Hotel Tashkent" anjumanlar markazida Turkiyaning "So Fuar" ko'rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "UZGROW TASHKENT-2021" ikki tomonlama ishbilarmonlik muzokaralari shaklida issiqxona va irrigatsiya tizimlari xalqaro ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Ko‘rgazmada Turkiyaning 17, O‘zbekistonning 23 ta yetakchi kompaniyalari, shuningdek, Isroil, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning quyidagi maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar: 1) issiqxona inshootlari, tomchilatib sug‘orish uchun uskunalar; 2) urug‘lar, o‘g‘itlar, ko‘chatlar va agrokimyoviy moddalar.
Mazkur ko‘rgazma tadbirkorlik sub’ektlari, jumladan, ish boshlagan tadbirkorlar uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash, shuningdek, tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorda sotishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yechim topishda katta imkoniyatdir.
“UZGROW TASHKENT-2021” ko‘rgazmasi nafaqat zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishish, balki shu yerning o‘zida o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish imkonini beradi.
Bundan tashqari, “UZGROW TASHKENT-2021” ko‘rgazmasi bog‘dorchilik va issiqxona sanoatiga oid yangi bilimlarni taqdim etadi, shuningdek, mahalliy va xorijiy yirik kompaniyalar rahbarlari bilan yaqindan muloqot qilish imkoniyatini yaratadi.
Ko‘rgazma doirasida o‘zbek, turk, qozoq, isroil, arab tadbirkorlari o‘rtasida B2B formatida muzokaralar olib borilib, o‘zaro manfaatli shartnomalar tuziladi.






