UzVC Milliy venchur jamg‘armasi Startup Growth dasturini ishga tushirdi

Joriy yilning 16-noyabr kuni UzVC Milliy venchur jamg’armasi Startup Growth dasturini (SGP) ishga tushirilishiga bag‘ishlangan birinchi konferensiyani o‘tkazdi.
Tadbirni Iqisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi hamda BMTTDning “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi, AKS Services Group hamkorlikda, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi va INNO texnoparki bilan tashkil etadi.
SGPning birinchi konferensiyasida nomzod ko‘rsatilgan startaplar, shuningdek, siyosatchilar, elchixonalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va universitet talabalari kabi kengroq auditoriyaga o‘zbek startaplari va venchur kapitali ekotizimini global miqyosga chiqishga qanday yordam berish bo‘yicha o’rgatildi. Xususan, maxsus ma’ruzachilar Sukna Ventures bosh hamkori Asher Siddiqi va Diaspora Ventures hamkori Marvin Liao tadbirkorlik va xalqaro miqyosda muvaffaqiyatli startaplarni boshqarish bo‘yicha hikoya va tushunchalar bilan o‘rtoqlashdi.
Bolalar dinamik jamiyat uchun zarur bo'lganidek, rivojlanayotgan iqtisod uchun yangi paydo bo'lgan kompaniyalar, ya'ni startaplar juda muhimdir. Shu sababli UzVC Milliy venchur jamg’armasi, O‘zbekistonda mahalliy startaplar uchun yangi individual UzVC Startup Growth Program (SGP)ni ishga tushirdi. Dastur davlat koʻmagida oʻzbek startaplariga oʻsish va tashqi bozorlarga chiqish yoʻlida jahon andozalaridagi tajriba bilan taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda. SPG Oʻzbekistondan tashqarida oʻsish va bozorlarga chiqish uchun zarur boʻlgan mablagʻ yigʻish strategiyalari kabi asosiy masalalarni qamrab oladi.
Shuningdek, konferensiyada UzVC katta maslahatchisi Alisher Shayxov, Dilshod Xashimov, BMTTD inklyuziv rivojlanish klasteri rahbari vazifasini bajaruvchisi Express24 bosh direktori va asoschisi Akmal Paiziyev, I2BF Global Ventures investitsiya bo‘yicha direktori Denis Kalishkin, Adrien Henni (Fransiya), Pulsar.vc hamkori kabi maʼruzachilar ishtirok etdilar.
UzVC tadbirkorlarni xavf va imkoniyatlar haqida o'qitish va shu sababli O'zbekistondan chiqqan va dunyoni zabt etishga tayyor bo'lgan kompaniyalar hamda biznes namoyondalarining muvaffaqiyat darajasini oshirish bo'yicha SGPni yillik tashabbusga aylantirish niyatida.






