Yevroparlament Ukraina bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

17-yanvar kuni Yevroparlamentning Tashqi ishlar qo‘mitasida Yevropa Ittifoqi vakili Xosep Borrel ishtirokida Yevropada xavfsizlik arxitekturasi va Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

«Dushanba kuni Yevropa Ittifoqi vakili Jozep Borrel ishtirokida Yevropa parlamenti Tashqi ishlar qo‘mitasi va xavfsizlik bo‘yicha quyi qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda Ukraina sharqida va mamlakatning Rossiya bilan chegaralari yaqinida davom etayotgan inqiroz nuqtai nazaridan Yevropa xavfsizlik arxitekturasini muhokama qilinadi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, deputatlar dushanba kuni Strasburgda boshlanadigan navbatdagi yalpi majlisda Yevropa xavfsizligi masalalari bo‘yicha munozara o‘tkazish taklifini ham bildirgan.