V Islom birdamlik oʻyinlarida Oʻzbekiston umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladi!

Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamlik oʻyinlari oʻz nihoyasiga yetdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra Oʻzbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladi.

Bugun yangi bir tarix yaratildi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mazkur musobaqada sportchilarmiz 51 ta oltin, 42 ta kumush, 65 ta bronza, jami 158 ta medalni qoʻlga kiritdi.