V Islom birdamlik o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanadi

O‘zbekiston Prezidenti qaroriga ko‘ra Konya (Turkiya) shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamlik o‘yinlari g‘oliblari, ularning murabbiylari va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari oltin medal uchun 5 000 AQSH dollari, kumush medal uchun 3 000 AQSH dollari va bronza medal uchun 2 000 AQSH dollari bilan mukofotlanadi.
O‘yinlar g‘oliblarini tayyorlagan murabbiylar oltin medal uchun 2 500 AQSH dollari, kumush medal uchun 1 500 AQSH dollari va bronza uchun 1 000 AQSH dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.






